Munchoqtepadan topilgan 4 xil mato

Munchoqtepadan topilgan 4 xil mato

2010 yilda A.V. Kuznetsov Muzeyga ko‘p miqdordagi turli xil buyumlarni topshirdi.

Ushbu buyumlar Qonqa, Samarqand, Chimqo‘rg‘on suv ombori, Termiz, Quyuqqalʼa (Xorazm), Kultepa (Ustrushona) hududlari va boshqa joylardan yig‘ilgan edi. Respublikada yerga ishlov berish jarayonida fuqarolar tomonidan tasodifan topilgan buyumlar muntazam Muzeyga keltirib topshiriladi. 

2013 yil iyunida Toshkent viloyatining May qishlog‘idan, taxminga ko‘ra, Vizantiya aslzoda harbiysining qabri (V–VIx asr)dan noyob anjomlar topilib, Muzeyga topshirildi. Muzeyning arxeologiya fondidagi buyumlarning maʼlum qismi ilmiy-tekshirish institutlaridan keltirilgan. 2011 yilda Sh.R. Pidayev Surxondaryo viloyatidagi yodgorliklarda hamda Qoratepada olib borilgan arxeologik qazishmalardan topilgan 90 dan ziyod ashyolarni Muzeyga keltirib topshirdi. Munchoqtepa (Namangan viloyati, Pop tumani) shaharchasidan topilgan V–VI asrlarga oid 4 xil mato (kiyim parchalari) ham juda noyob sanaladi. 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (birinchi qism) kitob-albomida (XXVI jild,) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Munchoqtepadan topilgan 4 xil matoMunchoqtepadan topilgan 4 xil mato