Xorazm ayollarining kiyimi nimalardan iborat bo‘lgan?

Xorazm ayollarining kiyimi nimalardan iborat bo‘lgan?

Qavilgan paxtali misak va yelak janubiy Xorazm ayollarining ust kiyimi hisoblangan.

Ular butun matodan oldi ochiq holda bichilgan. Sumbatning har ikki tomonidan keng qilib yonboshlar tikilgan. Bunday liboslar yeng tomoni keng, bel qismi tor bo‘lgan. Misak yoki yelak juda mayda – orasi 0,5 – 1 sm qilib qavilgan. Ushbu liboslar qizil yoki och pushti rangli to‘qilgan jiyak bilan bezatilgan.

Ichkiyim asosan ko‘ylak va ishtondan iborat. Xorazm ayollarining ko‘ylaklari, buxoroliklarnikidan farqli o‘laroq, kunda kiyiladigan yagona libos bo‘lgan. Bu ko‘ylaklar ikki xil bo‘lib, birinchisi panjalarni yopib turadigan uzun va keng yengli, matoning ko‘ndalang parchalaridan pastga qiya qilib tikilgan. Ikkinchisi bilakkacha tushib turgan va kalta yengli bo‘lgan. Har ikki uslubda yoqa o‘ymasi uchburchak yoki kavaksimon shaklda juda chuqur, ba’zida belgacha tushib turgan. Yoqasi va yirmochi qora jiyak bilan hoshiyalangan. Yoqa o‘ymasida ko‘ylak matosidan tayyorlangan bog‘ich bo‘lgan. Xorazm vohasi ayollari ko‘ylagining yana bir xususiyati shundaki, uning yelka qismida ko‘krak qismini bezab turadigan mayda burmalar qilingan.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

Xorazm ayollarining kiyimi nimalardan iborat bo‘lgan?
Xorazm ayollarining kiyimi nimalardan iborat bo‘lgan?
Xorazm ayollarining kiyimi nimalardan iborat bo‘lgan?
Xorazm ayollarining kiyimi nimalardan iborat bo‘lgan?