Xorazm xotin-qizlarining libosi boshqalardan nimasi bilan farq qilgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Xorazm xotin-qizlarining libosi boshqalardan nimasi bilan farq qilgan?

Xorazm xotin-qizlarining libosi oddiyligi, nafisligi, xushbichimligi, uzunasiga qavilgani va o‘ziga xos zargarlik buyumlari bilan bezatilganiga ko‘ra erkaklarnikidan farq qilgan.

Xorazmlik ayollarning liboslari O‘zbekistonning boshqa hududlaridan qadimgi xususiyatlarni o‘zida saqlab qolgan shakli, ranglar uyg‘unligi va kashtasiz tikilgani bilan ajralib turgan. Bunday liboslar ko‘proq pushti, och qizil, to‘q qizil, to‘q yoki och binafsha rangli bo‘lgan. Janubiy va shimoliy hududlarda yashagan ayollarning kiyimi detallari bilan ham farq qilgan.

Liboslar to‘plami ichki kiyim – go‘ynak va ishton, uning ustidan kiyiladigan yelak (yalak) yoki misak (janubda), yupqa qavilgan yoki bo‘rtma uslubda qavilgan paxtali chopon (shimolda), boshga yopib yuriladigan paranji (janubda), jegda (shimolda), qizlarva yosh ayollar uchun taxiya, lachak (shimolda) va bosh o‘rov (janubda), shuningdek, oyoq kiyimlar – mahsi va kavushdan iborat bo‘lgan.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

Xorazm xotin-qizlarining libosi boshqalardan nimasi bilan farq qilgan?
Xorazm xotin-qizlarining libosi boshqalardan nimasi bilan farq qilgan?