_1.webp)
Kavush, mahsi, chuvak (choriq), mo‘kki, popush, sariq etik va oq etik mavsumiy oyoq kiyimi hisoblangan.
Iylanmagan, teridan tikilgan poshnasiz choriq yozda kiyilgan. Uning orqasiga tikilgan bir parcha charmga poyabzalni oyoqda ushlab turish uchun ip o‘tkazilgan. Shuningdek, mahsi-kavush va dag‘alteridan tikilgan mo‘kki ham kiyishgan. Zargarlik buyumlaridan erkaklar tamg‘aliuzuk – xotam va kumush plastina hamda jiyak bilan bezatilgan kamarbog‘ taqib yurgan.
Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.