Vamberi shunday deb yozadi: «Xiva sanoati mahsulotlari orasida Urganch choponi mashhurdir. Bunday chopon ikki xil rangli yo‘l-yo‘l matodan (jun yoki shoyi ip, ko‘pincha, ikki xil rangdagi ip bilan qavilgan) tayyorlangan».
Choponlar bir necha xil bo‘lgan – qavilgan (to‘n), qavilmagan (astardesh-yelvagay, avrato‘n), movutdan tayyorlangan chakmon. Choponlar bichimi ham ko‘ylakniki singari tunika bichimida bo‘lgan. Ammo oldining ochiqligi va pastki qismi kengligi bilan ajralib turgan. Orqa tomonda yoqasi tik holatda, old tomonda esa ko‘krakka tushib turgan. Yoqasini bo‘rtma shaklda bir necha qator qilib qavilgan. Ko‘ylakdagi singari ichki yon tomonida tikkasiga cho‘ntagi bo‘lgan. Yengining chetlari, yoqasi, cho‘ntagi, etagi, past qismidagi qiyiq joylari, boshqa detallariga qizil jiyak tikilgan bo‘lib, bu xoramzliklar choponini ajratib turadigan belgidir.
Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
_3_1.webp)
_4_1.webp)