_1.webp)
Xorazm o‘zbeklarining an’anaviy liboslari boshqa hududlar kiyimlari bilan umumiy asosni saqlagan holda, yorqin ifodalangan mahalliy tarkibiy qismlari bilan ajralib turadi. Bu kabi o‘ziga xosliklar tabiiy-geografik sharoitlar, tarixiy va etnomadaniy jarayonlar ta’sirida rivojlangan.
Xorazm an’anaviy liboslarida turmushning umumiyligi va o‘ziga xosligi, xo‘jalik sharoitlari, aholining shimoliy va janubiy guruhlari – dehqonlar va ko‘chmanchilar madaniyati aks ettirilgan.
Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.