“Yangi O`zbekiston: noyob madaniy tashabbuslar” media-tadbiri, London

16-sentabr kuni Britaniya muzeyida Britaniya muzeyining Yaqin Sharq bo`limi kuratori Jonatan N.Tubb, muzey kolleksiyasi va ilmiy tadqiqotlar bo`yicha direktor o`rinbosari va mas`ul Jonaton Uilyamson va katta kurator Sent-Jon Simpson bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Xususan, yig`ilish ishtirokchilari yangi tashkil etilgan `»Al-Buxoriy” Islom olami galereyasiga tashrif buyurishdi.

 

17-sentabr kuni Londonda “Yangi O‘zbekiston: noyob madaniy tashabbuslar” media tadbiri bo‘lib o‘tdi, unda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining ikkita yangi kitobi taqdimoti o‘tkazildi: “So‘g‘d numizmatikasi Britaniya muzeyi to‘plamlari” “Markaziy Osiyo sanʼati Kembrij universiteti kollektsiyalarida”.

 

Shuningdek, media-tadbir doirasida “O‘zbekistonning 100 ta ajoyib qo‘lyozma durdonalari” loyihasi, shuningdek, NAEMM va BBC bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Kattalangar Qur`oni: Faktlar va afsonalar”, "Rossiya - Madaniyat" va "Sevimli" kanallari: "O'zbekiston. Sevgi afsonalari"  filmlari taqdim etildi.