ЎЗБЕКИСТОН МАДАНИЙ МЕРОСИ ПОЛЬША МУЗЕЙЛАРИДА
Tavsif
Jild Polshadagi ikkita muzey – Varshavadagi Osiyo va Tinch okeani muzeyi hamda Krakovdagi Severin Udzeli nomidagi etnografik muzeyda saqlanayotgan O‘zbekiston badiiy merosi yodgorliklariga bag‘ishlangan.
Osiyo va Tinch okeani muzeyida kelib chiqishi O‘zbekiston bilan bog‘liq bo‘lgan salmoqli va rang-barang kolleksiya taqdim etilgan. Kolleksiya turli xayr-ehsonlar va xaridlar hisobiga to‘ldirilgan.
Misol uchun, kulolchilikning baʼzi namunalari taniqli monumentalis rassom Grigoriy Derviz tomonidan muzeyga sovg‘a qilingan. U O‘zbekistonga kelib, bu qadimiy sanʼatga shunchalik maftun bo‘ladiki, natijada o‘zining shaxsiy kolleksiyasini yig‘a boshlaydi. 1990 yillarda uni Osiyo va Tinch okeani muzeyiga topshiradi.
Badiiy metall mahsulotlari, anʼanaviy liboslarning namunalari, so‘zanalar (kashta tikilgan) va boshqa ashyolar ham juda qiziqarli. Osiyo va Tinch okeani muzeyi kolleksiyasi taqdim etilgan bo‘limga Stanislav Poznanskiy va Anjey Strumilloning O‘zbekiston madaniyatidan ilhomlanib chizgan rangli rasmlar va grafik asarlar ham kiritilgan. Jildning alohida bo‘limi XIX-XX asrlardagi mashhur tadqiqotchi va dokumentalist Leon Barshevskiyning hayoti va faoliyatiga, shuningdek, arxiv fotosuratlariga bag‘ishlangan. Barshchevskiy haqidagi materiallarni uning nevarasi, jurnalist Igor Stroyeskiy tayyorlagan.