Генеральный директор ЮНЕСКО Одри Азуле восхитилась Бухарой

UNESCO Bosh direktori etib Xolid El-Enani saylandi

UNESCO Bosh direktori etib Helvon universiteti professori, yirik misrshunos olim Xolid El-Enani saylandi. 

UNESCO Bosh direktori etib Xolid El-Enani saylandi

Saylov tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Samarqand shahrida bo'lib o'tdi. Yangi rahbar delegatlarning 174 ovozidan 172 tasini qo‘lga kiritdi. 

 

Professor El-Enani ilmiy faoliyat va ta’lim sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega. U ilgari Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi hamda Qohira muzeyiga rahbarlik qilgan, 2016-yildan 2022-yilgacha esa Misrning Qadimiy yodgorliklar vaziri, keyinchalik Turizm vaziri lavozimlarida ishlagan. 2024-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) tomonidan madaniy turizm bo‘yicha maxsus elchi sifatida tayinlangan.

 

El-Enani UNESCO rahbarligiga kelgan arab dunyosining birinchi vakili va tashkilot tarixidagi ikkinchi afrikalikdir. Uning saylanishi tinchlik va madaniy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida YUNESKO faoliyatining yangi bosqichini boshlab beradi.

 

El-Enani 2017-yildan beri UNESCOni boshqarib kelgan Odri Azule o‘rnini egallaydi. Lavozimni topshirish marosimi 2025-yil 15-noyabrda bo‘lib o‘tadi.

UNESCO Bosh direktori etib Xolid El-Enani saylandi