UNESCO va ICOMOS O‘zbekistondagi madaniy merosni muhofaza qilishda hamkorlik qiladi

UNESCO Umumjahon merosi qo‘mitasining 47-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Adiz Boboyevning ICOMOS bosh direktori Mari-Lor Lavenir bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat davomida madaniy merosni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish sohasidagi ustuvor hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Alohida e’tibor YUNESCO va ICOMOS bilan muvofiqlashtirilgan holda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan amaldagi loyihalarga qaratildi, deyiladi Jamg’arma xabarida.

 

Tomonlar tarixiy hududlarni o‘rganish, obodonlashtirish va moslashtirishda xalqaro restavratsiya standartlariga rioya qilishning ahamiyatini ta’kidlashdi.