В ЮНЕСКО открылась выставка фотографий картин из Музея Савицкого

UNESCOning 43-sessiyasi ilk bor Samarqandda o'tkaziladi

UNESCOning Parijdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va UNESCO o‘rtasidagi kelishuv imzolanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Samarqand endi rasman Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi o‘tkaziladigan joy sifatida belgilandi.

UNESCOning 43-sessiyasi ilk bor Samarqandda o'tkaziladi

"Bu biz uchun katta sharaf va mas’uliyatdir, negaki so‘nggi 40 yil davomida ushbu konferensiya Parijdan boshqa yerda o‘tkazilmagan. Bu ijodiy industriyaning mashaqqatli mehnati, xalq diplomatiyasi va eng yuqori darajadagi kelishuvlar samarasidir. Bu – jahon hamjamiyatining mamlakatimiz ochiqligi, oʻziga xos an’analari va madaniy merosi, boy tarixi, musiqasi, adabiyotiga katta qiziqishi bilan qarayotganidan dalolat. Biz madaniyat va san’at vositasida mamlakatimizni xalqaro maydonda targ‘ib etmoqdamiz, dunyo ahliga yanada yaqinlashtirmoqdamiz. Bu aloqalar bevosita iqtisodiy natijalarga ulanib, qo‘shma loyihalar va umumiy g‘oyalarga aylanmoqda. Xush kelibsan, YUNESKO! Samarqandda uchrashguncha!", - deb yozadi O'zbekiston Prezidentining birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva.

UNESCOning 43-sessiyasi ilk bor Samarqandda o'tkaziladi