Qirq yildan ortiq vaqt davomida ilk bor UNESCO Bosh konferensiyasining sessiyasi Parij shahridan tashqarida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
UNESCO Bosh konferensiyasining 42-sessiyasida O‘zbekistonning navbatdagi, 43-sessiyani 2025-yilda Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi va tegishli qaror qabul qilindi.

