
To‘plamda XX asrga oid 60 ga yaqin, XIX asrga oid bir qancha namunalar mavjud. Suv solish uchun turli ko‘zalar – oftoba va tahorat olish uchun dastsho‘y, shuningdek, boshqa idishlar, patnislar va turli xil mayda-chuyda buyumlar shular jumlasidandir. Eng katta guruhga O‘zbekistondan keltirilgan yoki Afg‘onistonda joylashgan o‘zbek ustaxonalarida yasalgan metall idishlar kiradi. Metall buyumlar hashamat va boylik hisoblanardi. Shuning uchun keng omma undan foydalanmagan, hammaning ham unga qurbi yetmasdi.
Shaharlardagi boy aholinig uylarida ular faqat bayram dasturxonlarida, yana mehmonxonaning devorlarida bezak sifatida ishlatilgan. Zarb berilgan hashamatli idishlar nafaqat xona interyerini bezagan, balki oilaning boyligi va maqomidan ham dalolat bergan.
Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidan “Polsha muzeylaridagi O‘zbekiston madaniy merosi”(XL jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
