350 dan ziyod sharqshunos olimlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

350 dan ziyod sharqshunos olimlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) ning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi» VII Xalqaro kongressi ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat qabul qildi.

Xususan, qabul qilingan hujjatda shunday deyiladi: 

«Sizning boshchiligingizda joriy qilinayotgan ko‘p qirrali islohotlar, jumladan, mamlakatning ochiqligi va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tufayli O‘zbekiston madaniy merosini qayta tiklash va ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish imkoni yaratildi. Biz Sizning aynan taʼlim, mamlakatning madaniy merosini o‘rganish va asrash davlatni barqaror taraqqiy ettirish, maʼrifatli kelajakni qurishning kafolati ekanligi borasidagi qarashlaringizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu tufayli «O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi» mavzusi  Kongressning  asosiy g‘oyasi bo‘lib kelayotgani bejiz emas».    

Olimlar mamlakatimiz madaniy merosini saqlash va ommalashtirish zarurligini alohida taʼkidladilar. 

«Madaniy meros Yangi O‘zbekistonni qurish yo‘lida mamlakat faol foydalanayotgan eng muhim boylikdir. Aynan u millatning madaniy kodini asrab-avaylash va uni avloddan avlodga yetkazish kafolati hisoblanadi», deya taʼkidlaganlar Kongress ishtirokchilari.  

Murojaatda qayd etilishicha, «O‘zbekiston madaniy merosi»  turkumining 70 jildi, maxsus va ommabop nashrlar, «O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar»  turkumining 16 jildi, qadimiy qo‘lyozma yodgorliklar faksimile nusxalari va ko‘plab boshqa nashrlarni chop etish Butunjahon jamiyatining keyingi yillardagi faoliyati samarasi bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida ilk bor 50 dan ortiq xorijiy to‘plamlardagi O‘zbekistonning 100 nafar tarixiy shaxslariga oid 200 dan ortiq miniatyuralar bir nashrda jamlab chop etildi. Bularning barchasi bevosita Sizning shaxsan ko‘rsatgan eʼtiboringiz va mamlakat hukumatining doimiy yordami tufayli amalga oshirildi».  

 

 Shuningdek, olimlar o‘z murojaatida istiqbolga mo‘ljallangan rejalari haqida ham maʼlumot berdilar.

 «Butunjahon jamiyati kelgusida «Sharq miniatyurasida O‘zbekiston tarixiy shaxslari» loyihasini davom ettirish, O‘zbekiston musiqiy merosining «Oltin fondi»ni yaratish, ko‘p tilli video-lektoriy tashkil qilish, hujjatli va ilmiy-ommabop filmlarni tayyorlash va taqdim etish, milliy mintaqaviy muzeylar to‘plamlarini nashr qilish va boshqa ko‘plab ishlarni rejalashtirgan. O‘zbekiston meʼmoriy va arxeologiya yodgorliklari kataloglarini chop etish jahon ilm-fani uchun dolzarb, deb hisoblaymiz va bu borada hukumat yordamidan umidvormiz», deyiladi murojaatda.

VII Xalqaro kongress ishtirokchilari Butunjahon jamiyati loyihalarining qo‘llab-quvvatlanayotganligi, madaniyat va tarix sohasidagi oliy darajali tadbirlarning tashkil etilayotganligi uchun minnatdorlik bildirib, Samarqand sayyohlik markazidan hayratda ekanliklarini qayd etganlar.

«Biz jahon ilmiy hamjamiyati uchun nihoyatda muhim bo‘lgan forumlar, kongresslar va ko‘rgazmalarni o‘tkazish uchun keng imkoniyat yaratganingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Shu kunlarda biz Sizning tashabbusingiz bilan yaratilgan betakror Samarqand sayyohlik markazi va ko‘hna Samarqandning jozibali «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik bog‘i bilan katta hayajon ila tanishmoqdamiz», – deya yakunlanadi Kongress ishtirokchilarining murojaati. 

Murojaat O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha   Butunjahon jamiyati (WOSCU)ning «O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi»  VII Xalqaro kongressining yakuniy yig‘ilishida ishtirokchilarning umumiy ovoz berishi bilan qabul qilindi.  

 

***

350 dan ziyod sharqshunos olimlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh. M. Mirziyoyevga

 

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati 

«O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi» 

VII Xalqaro kongressi ishtirokchilarining

OCHIQ MUROJAATI

                                                                   (2023 yil 5–8 noyabr, Samarqand)

 

Muhtaram Shavkat Miromonovich!
 

Biz, «O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi» VII Xalqaro kongressi ishtirokchilari, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati aʼzolari (WOSCU) – olimlar va madaniyat arboblari, ilm-fan va maʼrifat namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, turli mamlakat va tashkilotlardan kelgan vakillarimiz, shunday bo‘lsa-da, bizni O‘zbekiston Respublikasining boy madaniy merosiga bo‘lgan umumiy qiziqish va ehtirom birlashtirib turibdi.  

Ko‘hna O‘zbekiston zaminining yorqin namoyandalari fan va madaniyat, ijtimoiy tafakkur va sanʼat rivojiga bebaho hissa qo‘shganlar. Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida ushbu kashfiyotlar ahamiyati va ko‘lamini ochib berish Butunjahon jamiyati faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Sizning boshchiligingizda joriy qilinayotgan ko‘p qirrali islohotlar, jumladan, mamlakatning ochiqligi va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tufayli O‘zbekiston madaniy merosini qayta tiklash va ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish imkoni yaratildi.

Biz, Sizning aynan taʼlim, mamlakatning madaniy merosini o‘rganish va asrash davlatni barqaror taraqqiy ettirish, maʼrifatli kelajakni qurishning kafolati ekanligi borasidagi qarashlaringizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu tufayli «O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi» mavzusi  Kongressning  asosiy g‘oyasi bo‘lib kelayotgani bejiz emas. 

Yildan-yilga Butunjahon jamiyatining faoliyati tobora katta xalqaro nufuzga ega bo‘lib bormoqda. Faoliyatimiz qamrovi hamda chegaralarini kengaytirib borarkanmiz, biz qadimiy O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar rivojini yana-da rag‘batlantiramiz.

O‘zbekistonning boy madaniy merosi mavzusiga qayta-qayta murojaat qilar ekanmiz, biz zamonaviy dunyoda jamiyatni modernizatsiya qilish, ayniqsa yosh avlodni tarbiyalash masalalarida merosimizni o‘rganish va ommalashtirishning ahamiyati katta ekanini ko‘rsatishga intilamiz.

«O‘zbekiston madaniy merosi» turkumining 70 jildi, maxsus va ommabop nashrlar, «O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar»  turkumining 16 jildi, qadimiy qo‘lyozma yodgorliklar faksimile nusxalari va ko‘plab boshqa nashrlarni chop etish Butunjahon jamiyatining keyingi yillardagi faoliyati samarasi bo‘ldi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor 50 dan ortiq xorijiy to‘plamlardagi O‘zbekistonning 100 nafar tarixiy shaxslariga oid 200 dan ortiq miniatyuralar bir nashrda jamlab chop etildi. Bularning barchasi bevosita sizning shaxsan ko‘rsatgan eʼtiboringiz va mamlakat hukumatining doimiy yordami tufayli amalga oshirildi.

Butunjahon jamiyatining VII Kongressida uning ishtirokchilari Sizning tashabbuslaringizga asoslangan yangi tadqiqotlar, noshirlik, multimedia va ommabop loyihalarini taqdim etishmoqda. Ularni ishlab chiqishda 40 ta mamlakatdan 300 dan ziyod olimlar va ekspertlar qatnashmoqda.

Butunjahon jamiyati kelgusida «Sharq miniatyurasida O‘zbekiston tarixiy shaxslari» loyihasini davom ettirish, O‘zbekiston musiqiy merosining «Oltin fondi»ni yaratish, ko‘p tilli video-lektoriy tashkil qilish, hujjatli va ilmiy-ommabop filmlarni tayyorlash va taqdim etish, milliy mintaqaviy muzeylar to‘plamlarini nashr qilish va boshqa ko‘plab ishlarni rejalashtirgan. O‘zbekiston meʼmoriy va arxeologiya yodgorliklari kataloglarini chop etish jahon ilm-fani uchun dolzarb, deb hisoblaymiz va bu borada hukumat yordamidan umidvormiz.

Madaniy meros Yangi O‘zbekistonni qurish yo‘lida mamlakat faol foydalanayotgan eng muhim boylikdir. Aynan u millatning madaniy kodini asrab-avaylash va uni avloddan avlodga yetkazish kafolati hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Biz Sizga «O‘zbekiston madaniy merosi» turkumidagi kitob-albomlarning ilk 35 jildini maxsus nashr etish hamda ularni xalq taʼlimi tizimi orqali mamlakat maktablari, kollej va litseylariga tarqatish bo‘yicha xayrli tashabbusingiz uchun minnatdorlik izhor etamiz. Umid qilamizki, bu ezgu ish davom ettiriladi.

Muhtaram Shavkat Miromonovich! O‘zbekistonda ilm-fan taraqqiyoti uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan serg‘ayrat faoliyatingiz uchun Sizga chuqur hurmat-ehtirom bildirishga ijozat eting.  

Jahon ilmiy hamjamiyati uchun nihoyatda muhim bo‘lgan forumlar, kongresslar va ko‘rgazmalarni o‘tkazishda keng imkoniyat yaratganingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Shu kunlarda biz Sizning tashabusingiz bilan yaratilgan betakror Samarqand sayyohlik markazi va ko‘hna Samarqandning jozibali «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik bog‘i bilan katta hayajon ila tanishmoqdamiz. 

Sizga mustahkam sog‘lik va gullab-yashnayotgan Yangi O‘zbekistonni qurish hamda taraqqiy ettirishga qaratilgan ishingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi xalqlariga farovonlik va tinchlik yor bo‘lsin!  

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati VII Xalqaro kongressi ishtirokchilari, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati aʼzolari (WOSCU).

Samarqand, 2023 yil 7 noyabr