"Agar bizning qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq”, - Amir Temur

"Agar bizning qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq”, - Amir Temur

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” VII Xalqaro kongressi doirasida O‘zbekiston meʼmoriy epigrafiyasi o‘rganish borasida ham izlanishlar olib borilmoqda.

Qadim davrlardan beri zaminimizda bunyod etilgan nodir memorchilik loyihalarimiz va ulardagi bitiklarning tavsifi haligacha to‘liq talqin etilmagan va olimlar tomonidan hozirgacha o‘rganib kelinmoqda.   Har bir epigrafik bitik chuqur maʼnolarni anglatadi. Buni esa to‘g‘ri talqin qilmoq va kelajak avlodga yetkazmoq lozim.

Butunjahon jamiyati tomonidan  O‘zbekiston meʼmoriy epigrafiyasiga bag‘ishlangan 15 ta jild kitob albomlar nashr etilgan. Bu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar davom etmoqda.