O'zbekistonda ilk bor tarixiy shaxslar bir joyga "to'plandi"

O'zbekistonda ilk bor tarixiy shaxslar bir joyga "to'plandi"

O'zbekiston madaniy merosini saqlash, o'rganish va ommalashtirish Butunjahon jamiyati raisi, san'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori Firdavs Abduxoliqov muallifligida "O'zbekiston qo'lyozma merosida tarixiy shaxslar" nomli yangi kitob-albom nashr etildi.

Ushbu kitobdan XIII-XVIII asrlarni o'z ichiga olgan davrda yaratilgan 10 ta sulolaga mansub hukmdor, shaxzoda va malikalar, shoir, mutafakkir, rassomlarning 300 ga rangli miniatyuralari joy olgan.

Kitob-albomda dunyoning turli muzey va kutubxonalarida saqlanadigan Nuh ibn Mansur II, Turkon Xotun, Xadichabegim, Najmiddin Kubro, Sulton Alouddin Xorazmshoh, Abdullaxon II, Imomqulixon, Abdulazizxon singari tarixiy shaxslarning miniatyuralari izlab topilgan va kitobdan joy olgan.