"O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"

"O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"

Ona tilimiz – millatimiz ruhi. U bizning borliq va boyligimiz.

U ko‘nglimiz mulki, davlatimiz ulug‘ timsolidir. Bundan qariyb 34 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 

Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

O'zbekiston madaniy merosining eng bebaho ramzi bo'lmish o'zbek tilini yanada yuksaltirish har birimiz uchun muqaddas burch sifatida qaralshi lozim.

Butunjahon jamiyati a'zolari barcha vatandoshlarimizni tarixiy sana, bugungi ayyom bilan qutlaydi.