So‘fi Olloyor masjidi qayerda joylashgan?

So‘fi Olloyor masjidi qayerda joylashgan?

So‘fi Olloyor masjidi – Denovdagi Vaxshivor soyi bo‘yidagi Katta Vaxshivor qishlog‘ida joylashgan me’moriy yodgorlik.

L.I. Rempel ustunlardan birida sana (1713) qayd etilganini aniqlagan va masjid shu yili qurilgan, deb taxmin qilgan.

Bunday sanani belgilash uchun bitiklardan aynan qaysi biri xizmat qilganligi unchalik ham tushunarli emas, ayni mahalda biz qurilish «ta’rixi» – xronogrammasi saqlangan kitobani aniqlashga muvaffaq bo‘ldikki, uni abjaddan chiqarish esa bino qurilishining eng qadimiy sanasini – 958/1551–1552 yilni havola etadi. Masjid nomi naqshbandiya-mujaddidiya tariqati shayxi va mashhur shoir So‘fi Olloyor nomi bilan bog‘lanadi. Ammo bunday nom, shubhasiz, keyinchalik paydo bo‘lgan, negaki masjid qurilishi boshlangan paytda u hali dunyoga ham kelmagan edi.

Ehtimol, So‘fi Olloyor bu yerda namoz o‘qigan, yoki, hatto, imomlik vazifasini ado etgan bo‘lishi ham mumkin, chunki uning tarjimayi holidan ana shu qishloqda umrguzaronlik qilgani ham ma’lum.

Surxondaryo viloyati arxeologik yodgorliklaridagi bitiklar haqida batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston me’moriy epigrafiyasi” turkumidagi “Surxondaryo” kitob-albomidan olishingiz mumkin.

So‘fi Olloyor masjidi qayerda joylashgan?
So‘fi Olloyor masjidi qayerda joylashgan?