Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra 1166 yil vafot etgan. U yoshligidan tasavvuf tariqatiga kiradi, bu yo‘lda nom qozongan Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad Andoqiylar hammaslak bo‘lib, so‘fiy Shayx Yusuf Hamadoniyga murid tushadi. Xoja Ahmad Buxoroda tahsil olgan, bu shaharda arab va fors tilinni o‘rganadi.
Keyin Turkistonga (bugungi Qozog‘istondagi shahar) qaytib kelib tasavvufiy o‘z tariqatiga (“Yassaviya”) asos soladi. O‘zining tasavvufiy aqidalarini to‘rtliklari orqali bayon etadi. Ularni murid va izdoshlari devon shaklija keltirib “Devoni hikmat” deb nom berganlar. Hazrat Alisher Navoiy Xoja Ahmad Yassaviyning merosiga katta baho bergan. Buyuk mutafakkir shoir So‘fi Olloyor ham shu holatni nazarda tutib, shunday yozgan:
Shariatda edi ul oftobe,
Qolibdur bizga ul erdin kitobe.
Xoja Ahmad Yassaviy o‘zining orifona baytlari bilan turkiyzabon xalqlar orasida tasavvufning keng yoyilishiga katta hissa qo‘shgan. Uning “Devoni hikmat”-i O‘zbekiston nashriyotlari tomonidan ko‘p marotaba chop etilgan, hofizlar esa, katta tarbiyaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega sheʼrlariga kuy bastalab, ijro etganlar.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, “Devoni hikmat”ning ko‘chirilgan o‘nlab nusxalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanmoqda.
Mavzu bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumidagi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo‘lyozmalarga bag‘ishlab chop etilgan XXIII-jild nashridan olishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
