Abu Iso at-Termiziyning mashhur asari qanday nomlangan?

Abu Iso at-Termiziyning mashhur asari qanday nomlangan?

Imom at-Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. Shu asarlar ichida eng mashhuri, shubhasiz, «al-Jomi’ as-sahih» bo‘lib, 6 ta ishonchli hadislar to‘plamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda «Jomi’ at-Termiziy», «Sahihi Termiziy», «Sunani Termiziy» nomi bilan ham ataladi. Imom at-Termiziyning muhim asarlaridan yana biri «ash-Shamoil an-nabaviya».

U Muhammad (s. a. v.)ning shaxsiy hayoti, u zotning ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan manbadir. Bu kitob asrlardan buyon islomshunos olimlar, tadqiqotchilar diqqatini o‘ziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Kitobning XVI asrga oid bir qo‘lyozmasi Toshkentda – O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. 

1990 yili Imom at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Imom at-Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan ta’mirlanib, qutlug‘ ziyoratgohga aylantirildi.

Surxondaryo viloyati arxeologik yodgorliklaridagi bitiklar haqida batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston me’moriy epigrafiyasi” turkumidagi “Surxondaryo” kitob-albomidan olishingiz mumkin.