Xorazmda yasalgan taqinchoqlar ham nisbatan kam ekanligiga qaramay, ularning har biri o‘ziga xos betakrordir.
XX asr boshlarida bu yerda bunday taqinchoqlarni ishlab chiqarish deyarli to‘xtagan, biroq oilalarda saqlanayotgan eski ko‘rinishdagi taqinchoqlar kolleksionerlarni hayratga solgan va ular tomonidan sotib olingan.
Elchilarga hadya uchun maxsus tayyorlangan zargarlik buyumlari ham alohida o‘rin tutadi. Ular odatiy turmush tarzi uchun xos bo‘lmagan bezaklardan alohida hashami va jimjimadorligi bilan ajralib turadi. Kolleksiyaga kiritilgan Yevropa usulida ishlangan qora va rangli emal bilan sayqallangan, shuningdek, bosh taqinchog‘iga o‘xshab ketadigan, biroq ko‘krak taqinchog‘i ko‘rinishida ishlangan juda ko‘p oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, yarim qimmatbaho toshlar qadalgan kumush shamdon eʼtiborni tortadi. Bu Buxoro zargarlari uchun unchalik xos emas.Bunday buyumlar boshqa mamlakatlar hukmdorlariga Buxoroning gullab yashnashini va ayni paytda uning o‘zga xalqlar madaniy anʼanalariga iliq munosabatini namoyish etishi lozim edi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston zargarlik buyumlari jaxon to‘plamlarida" kitob-albomida ( XLV jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

