Nima uchun qadimgi turkiy jangchilar ikkita kamar taqqanlar?‌‌

Nima uchun qadimgi turkiy jangchilar ikkita kamar taqqanlar?‌‌

Ushbu albomning boshqa qismida taqdim etilgan kamar garniturasiga oid unsurlarni maʼlum shartlar asosida bezaklar qatoriga kiritish mumkin.

Ermitajda saqlanayotgan qoraxoniylar davridagi kamar garnituralarining uncha katta bo‘lmagan jamlanmasida jangchi kamarining taqasi ajralib turadi. Odatda qadimgi turkiy jangchilar ikkita kamar taqardilar. Birinchi kamar bilan kiyimlar bog‘lanib, unga sovuq qurol va bel to‘rvalari osib qo‘yilar edi. Jangchi kamari taqasining tili bo‘lmagan, u romga o‘tkaziladigan changakka biriktirilar edi. Kamarning bunday tuzilishi jang paytida uni bir urinishda yechib,bo‘sh qolgan o‘qdonlarni tez almashtirish uchun kerak bo‘lgan. Ermitaj jamlanmasi to‘plamidagi kamar taqasi burama fonida XII–XIII asrlar boshiga taalluqli bronzadan yasalgan idishlardagi tasvirga o‘xshash qanotli sher rasmi va “An-Nasr” (G‘alaba) yozuvi bor. Taqadagi tasvir va bitilgan yozuv buyumning jangchilar hayotiga taalluqliligidan va uning maqsadli ishlatilishidan dalolat beradi.

 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston zargarlik buyumlari jaxon to‘plamlarida" kitob-albomida ( XLV jild) tanishishingiz mumkin.

 

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Nima uchun qadimgi turkiy jangchilar ikkita kamar taqqanlar?‌‌