Bugun Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov 60 yillik yubileyini nishonlamoqda

Bugun – 10 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasi rahbari, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi, barcha yutuqlarimiz ilhomchisi va tashkilotchisi Firdavs Fridunovich Abduxoliqov 60 yoshga to‘ldi.

Fursatdan foydalanib, Firdavs Fridunovichni Butunjahon jamiyati olimlari, yurtimiz ilmiy jamoatchiligi, yaqin va uzoq xorij ilmiy jamoatchiligi vakillari, «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasining katta jamoasi nomidan muborakbod etamiz.
 

Hurmatli Firdavs Fridunovich!     
                                                                                   
Siz yurtimiz yosh avlodini o‘z ona yurtiga g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan keng ko‘lamli dasturlar tashabbuskori va ularni hayotga tatbiq eta oladigan inson sifatida bizlar uchun namunasiz.
Bir paytlar O‘zbekiston zaminida o‘tmishda yaratilgan qanday noyob xazinalar bugungi kunda dunyo kutubxonalari, muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarida saqlanayotgani haqida butun dunyoga so‘zlab berishni orzu qilgan edingiz. Bugun esa bu mamlakatlar olimlari O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish va asrab-avaylash g‘oyasi atrofida birlashgan.

Siz yaratgan “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi jadal rivojlanayotgan organizm bo‘lib, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga ishtiyoqli har bir inson uchun yangi bilimlarni ochib beradi.
Sizni bugungi shodiyona kuningiz bilan samimiy qutlaymiz. Ushbu qutlug‘ sanada Sizga uzoq umr, salomatlik, xonadoningizga fayz-baraka, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.

Ishonchimiz komilki, sizni oldinda ajdodlarimizning tarixiy-madaniy xotirasini asrab-avaylash yoʻlida yangi qiziqarli kashfiyotlar va yutuqlar kutmoqda.

Milliy madaniy merosimiz va an'analarimizni keng targ‘ib etish, dunyoga tanitish yo‘lidagi sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!