Kimlar “Vali” deb atalganini bilasizmi?

Kimlar “Vali” deb atalganini bilasizmi?

Hakim at-Termiziy me’moriy majmuasi (IX–XV asrlar) – Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy (taxm. 750/760 – Termiz – taxm.869) nomi bilan bog‘liq.

Mazkur me’moriy majmua masjid, maqbara, xonaqoh, qorixona kabi binolardan iborat bo‘lgan va asrlar davomida bir necha bor qayta qurilgan. Majmuaning umumiy tarhi 28,0×29,0 m, maqbara: 5,10×4,70 m.

Hakim at-Termiziy maqbarasi xalq orasida ulug‘lanib avliyo qabri, muqaddas ziyoratgoh sifatida e’zozlangan. 

Vali kim? Izoh beramiz.

Valiy (arab. ko‘pligi – avliyo) Xudoga yaqin odam degani. Tasavvufda Allohning zoti va sifatlarini yaxshi bilgan, uning buyruqlarini bajarib, gunoh ishlardan o‘zini saqlovchi, dunyo lazzati va shahvoniy ishlardan yuz o‘giruvchi kishi. Valiy so‘zi tasavvufda o‘zining kashfu karomatlari bilan tanilgan tariqat shayxlariga, piru murshidlarga nisbatan qo‘llanadi. Tasavvuf aqidasiga muvofiq, valiylar payg‘ambarlar darajasidan keyin turadigan shaxslardir. Biroq islom ulamolari ta’kidlariga qaraganda, valiy har qancha kashfu karomatga ega bo‘lmasin, biror-bir payg‘ambarning martabasiga ham yeta olmaydi. Shu bilan bir qatorda, valiylarning mozorlarini ziyorat qilish islom dinida savobli ishlardan hisoblanadi.

Surxondaryo viloyati arxeologik yodgorliklari haqida batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston me’moriy epigrafiyasi” turkumidagi «Surxondaryo» kitob-albomidan olishingiz mumkin.