Kamoliddin Behzod davrida miniatyuralarda qanday mavzular ko‘proq aks etgan?

Kamoliddin Behzod davrida miniatyuralarda qanday mavzular ko‘proq aks etgan?

XV asrning oxirgi choragi — XVI asrning birinchi yarmida juda mashhur bo‘lgan hirotlik usta Kamoliddin Behzod yashab ijod etgan davrda ijodkorlarning miniatyurali illyustratsiyalarida quyidagi mavzular ko‘proq aks etgan: inson, muhabbat, hayot va o‘lim, mehnat.

Shuningdek, oddiy ishchi hunarmandlar, quruvchilar (Farhod), hammomda cho‘milayotganlar, polvonlar, shuningdek shayxlar va darveshlar syujetlari, mistik oshiq-maʼshuqlar Yusuf va Zulayho, Layli va Majnun mavzulari XV asrning so‘nggi choragidagi Hirot miniatyuralarining mashhur mavzulariga aylangan. Ushbu mavzularning paydo bo‘lishi va mumtoz adabiyot qahramonlarining tasavvufiy talqin etilishi ko‘p jihatdan Behzodga va o‘sha davrda axloqiy qadriyatlarga asoslangan tasavvuf taʼlimoti bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z o‘rnida Hirot madaniy hayotida o‘ziga xos muhit yaratgan va bu muhit madaniyatning barcha sohalarida, jumladan adabiyot, musiqa va tasviriy sanʼatda namoyon bo‘lgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Kamoliddin Behzod merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomida (L-jild, 54-55-sahifa) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Kamoliddin Behzod davrida miniatyuralarda qanday mavzular ko‘proq aks etgan?
Kamoliddin Behzod davrida miniatyuralarda qanday mavzular ko‘proq aks etgan?