O‘sha davrning o‘zidayoq arablar orasida bu asar katta eʼtibor qozongan va arab tilini o‘rganishda asosiy qo‘llanmalardan biri sifatida keng tarqalgan.
Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim Az-Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarupo sovg‘a qilishni vaʼda bergan. Bir qancha kishilar asarni yod olib, mukofotga ham sazovor bo‘lganligi manbalarda keltirilgan.
Bu asarning bir qo‘lyozmasi Toshkentda, O‘zbekiston FAning Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Az Zamaxshariy qarindoshlarining qistoviga qaramasdan, biror marta uylanmagan. Ilmiy asarlar yaratish va munosib shogirdlar tayyorlashga o‘z hayotini bag‘ishlagan.
Ajdodlarimizning boy merosi haqida batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi doirasida chop etilgan "O‘zbekiston Respublikasi FA qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami" (4-qism, XXIV-jild) kitob-albomidan o‘qib-o‘rganishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi — Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.