“Qora kontur uslubi” nima degani?

“Qora kontur uslubi” nima degani?

XV asrning me’moriy koshinlari – o‘sha davr kulolchilik ishlab chiqarishining eng yaxshi taassurot qoldiruvchi turlaridan biridir.

Fisvilyam muzeyidagi beshta rombsimon beshburchakli koshinlar, ehtimol  yulduzsimon koshinlardan tashkil topgan murakkab shaklning bir qismi bo‘lsa ajab emas.

Har bir koshin shunday bo‘yalganki, hech bir moybo‘yoq oq sir ustiga qora chiziq bilan belgilangan chegaradan o‘tmagan. Ishlab chiqarishning so‘nggi bosqichida sirti yupqa tilla varaq yordamida zarhal bilan bezatilgan. Hozirgi vaqtda u deyarli butunlay yo‘qolib ketgan. Rasm atrofi sirtini qiyin eriydigan qora bo‘yoq bilan ikki marta toblash usuli kuerda seka (so‘zma-so‘z «quruq chilvir» yoki aniqrog‘i «qora kontur uslubi») deb nomlangan. 

O‘zbek kulolchilik durdonalari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston kulolchilik buyumlari jahon to‘plamlarida” (XLIV jild, 149-150-bet) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

“Qora kontur uslubi” nima degani?
“Qora kontur uslubi” nima degani?