Surxondaryo: Hakim at-Termiziy maqbarasi peshtoqida nima yozilgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Surxondaryo: Hakim at-Termiziy maqbarasi peshtoqida nima yozilgan?

Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi IX-XV asrlarga oid yodgorlik. Uning tarkibida bir necha asrlar davomida qayta qurilgan va ta'mirlangan masjid, maqbara, xonaqo, Qur'on o'qish xonasi mavjud.

Hakim at-Termiziy mashhur so'fiy shayxidir. U termizlik mashhur donishmandlardan ta‘lim olgan. U o‘z bilimini oshirish maqsadida Balx, Nishopur, Bag‘dod, Makka, Madina kabi diniy markazlarda bo‘lgan. U bu manzillarda tahsil olish bilan birga o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan ilohiyot olimlarining bahslarida ham qatnashadi.

Misrlik olim Shayx Abdulfattoh Abdulloh  Barakning yozishicha, Hakim at-Termiziy turli hajmdagi 400 dan ortiq asarlar yozgan bo‘lib, ulardan faqat 60 tasi bizgacha yetib kelgan.

Uning eng muhim ijod mahsuli "Navodir al-usul fi ma‘rifat axbor ar-Rasul"  (“Rasululloh zikr etganlarini taqdim etishda doir nodir usullar”) asaridir.
Xo‘sh, buyuk islom allomasi maqbarasi kiraverishida nimalar yozilgan?

Alloh taolo zikr etadi: “Bu yerga tinchlik va omonlik bilan kiring”.

Surxondaryo: Hakim at-Termiziy maqbarasi peshtoqida nima yozilgan?
Surxondaryo: Hakim at-Termiziy maqbarasi peshtoqida nima yozilgan?