Shohi Zinda ziyoratgohiga kiraverishda nima yozilgan?

Shohi Zinda ziyoratgohiga kiraverishda nima yozilgan?

Samarqanddagi Shohi-Zinda yodgorlik majmuasi butun dunyoga mashhur. U qadimiy Afrosiyob shahrining janubiy yonbag‘rida joylashgan.

Ansamblning asosiy markazi, rivoyatlarga ko‘ra, Muhammad payg‘ambarning amakivachchalari Muhammad Kusam ibn Abbos ibn Abdulmutallib dafn etilgan qabrdir. 

Arxeolog va me’moriy tarixchilarning fikricha, u Qoraxoniylar davrida, taxminan XI asrda paydo bo‘lgan. Keyinchalik avliyoning qabri yonida boshqa qabrlar ham paydo bo‘la boshladi, asosan bu zodagonlar va hukmron oila vakillarining qabrlari edi. Temuriylar davriga kelib, Shoxi-Zinda mahobatli maqbaralar majmuasiga aylandi, u yerda sokin  muhit koshinlar rangi bilan uyg‘unlashib ketdi.

Yodgorlik majmuasi ravog‘iga kirish joyi eng chekkada joylashgan. Ushbu kirish joyidagi yozuvda nima deyilgan? 

Shu haqda ma’lumot beramiz.

“To‘liq darajada hashamatli va mahobatli bezatilgan bu xayrli bino 838 yilda” (milodiy 1434/35 eramizdan oldingi)  Abdulazizxon ... Ulug‘bek-Go‘ragon o‘g‘li,  Shohrux o‘g‘li, Amir Temur  Go‘ragon o‘g‘li yaratgan (go‘zal) manzara va tom ma’nodagi maqsadni uyg‘unlashtirgan".

Memorial ansamblning yozuvlari haqidagi batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston me’moriy epigrafiyasi” turkumidagi “Samarqand. Shoxi-Zinda” kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Shohi Zinda ziyoratgohiga kiraverishda nima yozilgan?