Toshkentda akademik Edvard Rtveladzega bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda akademik Edvard Rtveladzega bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Edvard Rtveladze xotirasiga” kitobining taqdimoti O‘zbekiston madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Kitobda akademik va arxeolog Edvard Rtveladzening hayoti va ilmiy faoliyatini aks ettiruvchi noyob materiallar jamlangan.

 

Nashrni Butunjahon jamiyati aʼzosi, Yaponiyadagi Mixo muzeyining maxsus xodimi, shuningdek, kitob hammuallifi Sergey Laptev taqdim etdi.

Toshkentda akademik Edvard Rtveladzega bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ushbu rang-barang fotoalbomga olimning ko‘plab fotosuratlari, shuningdek, uning oila aʼzolari, do‘stlari, arxeologlar,shifokorlar, huquqshunoslar, davlat arboblari tomonidan yozilgan yodnomalar, jami 40 kishining xotiralari kiritilgan. Kitobdan, shuningdek, Edvard Rtveladzening o‘zi do‘stlariga so‘zlab bergan xotiralar, shuningdek, olimning ilmiy hayotidagi asosiy kashfiyotlardan biri – Oks Aleksandriyasi – miloddan avvalgi IV  asr oxiridan eramizning I asri boshlarigacha Surxondaryo hududida mavjud bo‘lgan shahar haqidagi ilmiy maqolalari o‘rin olgan.

Toshkentda akademik Edvard Rtveladzega bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Edvard Vasilevich Rtveladze atoqli olim, arxeolog, tadqiqotchi va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati ilmiy kengashining doimiy raisi edi.

Toshkentda akademik Edvard Rtveladzega bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Toshkentda akademik Edvard Rtveladzega bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Kitob taqdimoti yuqori saviyada o‘tdi. Tadbirda O‘zbekistonning ko‘plab taniqli madaniyat va sanʼat namoyandalari ishtirok etib, buyuk olim xotirasiga ehtirom sifatida chop etilgan kitobga yuksak baho berdilar. Edvard Rtveladzening betakror merosi O‘zbekistonda va xorijda yana-da ko‘proq targ‘ib etilishiga hissa qo‘shgan mualliflarga va taqdimot tashkilotchilariga  minnatdorlik bildirdilar.

 

Umuman olganda, “Edvard Rtveladze xotirasiga” kitobi O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash va targ‘ib etishda muhim qadam bo‘ldi. U buyuk shaxslar xotirasini abadiylashtirish, ularning O‘zbekiston madaniyati va sanʼatiga qo‘shgan salmoqli hissasini yana bir bor eʼtirof etadi. Ushbu taqdimot madaniy meros naqadar  qadrli va dolzarb ekanligini, uni asrab-avaylash xalqimiz va barchamiz uchun muhim ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligini ham taʼkidladi.

 

Qayd etish joizki, “Edvard Rtveladze xotirasiga” yodnoma kitobining sinov nusxasi havolasi o‘tgan yilning 16 may kuni atoqli olimning 80 yilligiga bag‘ishlangan unutilmas kechada bo‘lib o‘tgan edi.