"Farhod Şirinni oti bilan birga kötarmoqda" miniatyurasi bugunda Rossiya Milliy kutubxonasida saqlanadigan Miniatyurali kulliyotdan joy olgan.
Taxminlarga köra, Miniatyurali kulliyot XV asr oxiri — XVI asr boşlarida Hirotda köçirilgan, keyin Movarounnahrga taniqli voqeanavis Vosifiy tomonidan keltirilgan va Şohruxiya ölkasi hukmdori Muzaffariddin Keldimuhammad (1480–1532)ga sovğa qilingan bölişi mumkin. Keldimuhammad masjid va madrasalar qurdirgan, turkiy tilda tarixiy asarlar yozişni buyurgan, Vosifiy bilan bir qatorda miniatyuraçi musavvirlarga ham boşpana bergan.
Kulliyotda Navoiyning "Xamsa"sidagi faqat törtta doston keladi: "Hayrat ul-abror"; "Farhod va Şirin", "Layli va Majnun" va "Sab’ai sayyor".

Farhod, Şirin va Gulgun ot...
... Keyinçalik, malika va Şirin bilan tanişgaç, Farhod özan qaziş işini nihoyasiga yetkazadi, hovuz kovlaydi, qoya ustida Şirin uçun qasr quradi va uni musavvir Şopur bilan birga bezatadi. Qazilgan özanga suv oçiş kuni bayram qilişadi va Şirin öz saroyiga suv qanday oqib borişini köriş uçun oti Gulgunni çoptirib ketadi. Ot şamoldek yelib ketib, söng çavandozini yiqitib yubormaslik uçun töxtaydi. Ana şunda:
Çu oşiq ongladi qilğoç taammul
Ki, yeldin tuşkudekdur yer uza gul.
Yer öpmaklikka majnundek xam öldi,
Quyoş ostida gardundek xam öldi.
Kötardi orqasiğa bodponi,
Neçukkim bodpo ul dilraboni.
Bir ilgi ikki qölin qildi mahkam,
Yana bir ilgi ikki butlarin ham…
Farhod sevgilisini oti bilan birga kötarib oladi. Tez orada ular saroyga yetib kelişadi va özan böylab oqayotgan suv hovuzga yetib kelganini körişadi.
