Ariqdan topib olingan dubulg'a va qalqon

Ariqdan topib olingan dubulg'a va qalqon

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida qadimiy dubulg‘a va qalqon saqlanadi. Ular muzeyga qanday kelib qolgani qiziq...

Ariqdan topib olingan dubulg'a va qalqon

1964-yilda maktab o‘quvchilari Andijon shahridagi ariqdan yarim sharsimon qalqon, dubulg'a va sovut topib oladi. Ular buyumlarni muzeyga topshiradi. 
 

  • Dubulg‘aning boy bezaklari islimiy naqshlar hamda erkak va ayol qahramonlar haqidagi sahnalardan iborat. Pastki qismida kufiy yozuvi tushirilgan hoshiya bor. Markaziy qismida tekis uchburchak, harakatlanuvchi temir plastinka kavsharlangan, u jangchining yuzini himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Jang paytida jangchining bo‘ynini himoya qilish uchun boshning yon tomoni va orqa tomoniga turli shakldagi temir halqalardan iborat sovutli osma biriktirilgan;
  • Qalqonning tashqi boy bezaklari islimiy naqshlar hamda erkak va ayol qahramonlar haqidagi sahnalardan iborat. Qalqon o‘rtasidagi 7 сm diametrli doira markazida sakkiz qirrali yulduz mavjud. Bezakning qolgan qismi konsentrik doiralar hosil qilgan yoychiziqlarda joylashgan. Bular islimiy (islimi barg) va handasaviy (madoхil, zanjira) naqshlari hamda syujet manzaralaridir. Ba’zi yoychiziqlar epigrafik naqsh bilan to‘ldirilgan (kufiy yozuvi). Qalqon yuzasida, shuningdek, to‘rtta dumaloq metall bo‘rtma mavjud bo‘lib, ular charm kamar uchun mahkamlagich vazifasini o‘tagan, uning yordamida jangchi qalqonni qo‘lida ushlab turgan (kamar saqlanmagan).
Ariqdan topib olingan dubulg'a va qalqon