Fotofakt: Islomxo'ja minorasi va madrasasi

Fotofakt: Islomxo'ja minorasi va madrasasi

Xivadagi ushbu minora va madrasa 1908–1910-yillarda islohotchi va maʼrifatparvar davlat arbobi Islomxoja tomonidan qurilgan.

Fotofakt: Islomxo'ja minorasi va madrasasi
XX asr boshida olingan surat

Islomxo'ja (1870–1913) dastavval Hazorasp viloyati hokimi, 1898-yildan vafotigacha Xiva xonligining Bosh vaziri lavozimida ishlagan. Davlat ishlaridan tashqari, u keng ko'lamda savdo va sanoat ishlari bilan shug'ullangan. Mazkur madrasa va ulkan minora shu mablag'lardan qurilgan boʻlib, ular Islomxoja obroʻyini tasdiqlab turuvchi ramziy inshootlar sifatida mashhur.

 

Minoraning qurilishiga shoir Niyoziy ta'rix (xronogramma) bitgan va uni xonning buyrugʻi bilan marmarga yozib, minoraning yerdan chamasi 10 metr balandligida oʻrnatishgan:

 

... Binosi xatmi taʼrixini fikr etgach Niyoziygʻa,
"Sutuni guli koxi olam" o'ldi gʻaybdin ilhom.

Ushbu misradagi "Olam qasrining gul ustuni" jumlasiga taʼrix yashiringan boʻlib, undan abjad hisobida 1328 (1910–11) yil sanasi kelib chiqadi. Bu sana madrasa qurilishining tugallanish yili.


Madrasaning katta gumbazi va minoraning qubbalari 1997-yilda taʼmirlanib, tilla suvi bilan qoplangan.

Bugungacha ham Islomxo'ja minorasi o'zining hashamati va chiroyi bilan kishini hayratga soladi.

Fotofakt: Islomxo'ja minorasi va madrasasi
Fotofakt: Islomxo'ja minorasi va madrasasi