... Nefritdan ishlangan buyumlar ko‘proq Xitoy bilan bog‘liq tarzda talqin qilinsa-da, uning konlari asosan Xotan va Qashqar yaqinidagi Kunlun tog‘larining daryolaridan, Tarim daryosi havzasidan topilgan. Inchunin, bu yerlarda ham nefrit o‘ymakorligi san’ati rivojlangan.
_mG6h6AY_1.webp)
Yozuvlar shuni ko‘rsatadiki, bu hududda ishlab chiqarilgan va Xitoy saroylari uchun mo‘ljallangan sovg‘alar asosan miloddan avvalgi X asrdan to milodiy IX asrga qadar bo‘lgan davrlarga tegishli nefrit o‘ymakorligi mahsulotlaridan tashkil topgan. 1445-yilda Min imperatori tomonidan Mirzo Ulug‘bekka yuborilgan nefritdan ishlangan idishlar haqida ma’lumotlar saqlangan Xitoy solnomalari shuni ko‘rsatadiki, nefrit Temuriylar imperiyasi hududlariga ham keltirilgan. Mirzo Ulug‘bekning nefritga bo‘lgan qiziqishi juda yuqori bo‘lgan.
Nefrit yomon ko‘zdan himoya qiladi, umrni uzaytiradi va hatto abadiy hayot baxsh etadi, deb ishonilgan. U boylik, mansab, hokimiyat va sehrli qobiliyat beruvchi kuchga ega deya talqin qilingan. Nefritni g‘alaba toshi deb hisoblagan temuriy hukmdorlari esa uni juda e’zozlashgan va undan xanjar tutqichlarini va boshqa harbiy anjomlarni yasashgan.
Bizning davrimizgacha yetib kelgan dastalari yoki tutqichlari ajdaho shaklidagi bezaklar bilan bezatilgan ko‘zalar, kosalar va piyolalar kabi oshxona idishlari bor. Ular Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Uchala idishning ham ajdaho tasviri tushirib yasalgan bitta gardishli dastasi bor, lekin oxirgi ikkisida shoxli ajdarlarning faqat bosh qismi tasvirlangan. Bundan farqli o‘laroq, Mirzo Ulug‘bek kosasidagi shaklda xitoycha chjilun yoki “shoxsiz ajdaho” tasvirlangan va u o‘zining uzun burama quloqlari, shernikiga o‘xshash yollari, silliq qotma tanasi va o‘ralib turgan ayri dumi bilan alohida ajralib turadi.

Nefrit va ajdaho motividan foydalanish Eron va O‘rta Osiyodagi mo‘g‘ul xonlari Ilxoniylar davrida paydo bo‘lgan va ularni rivojlantirgan Sharqiy Osiyoning nafosat ilmida namoyon bo‘lgan “Xitoy buyumlariga” bo‘lgan qiziqishlarni aks ettiradi. Ular Temuriylar kitobxonasida – podsholik ustaxonasida andozalashtirilgan.

_bGewTHz_1.webp)
_bhhXRDD_1.webp)