Qoraxoniylar davrida tanga zarb qilish Somoniylarning an’analarini davom ettirdi va o‘zgartirdi. Ular ko‘plab standartlarni (vazn, kumush sifati, epigrafika shakllari) meros qilib olgan bo‘lsa-da, yangi elementlar (turkiy unvonlar, o‘ziga xos ramzlar, faqat mis tangalarning paydo bo‘lishi) mintaqa numizmatika madaniyatining chuqur o‘zgarishidan dalolat beradi.
_1.webp)
Qoraxoniylar davlati (taxm. 840–1212) Markaziy Osiyo tarixida muhim o‘rin tutgan. Turkiy millatga mansub birinchi musulmon sulolasi sifatida Qoraxoniylar Qoshg‘ardan Buxorogacha bo‘lgan ulkan hududlarni nazorat qilgan.
Qoraxoniylar davrida asosiy zarb etuvchi markazlar quyidagilar bo‘lgan: Buxoro, Samarqand, Urganch, Bolasog‘un, Qoshg‘ar, O‘zgan. Sharqiy hududlardagi (Qoshg‘ar, Bolasog‘un). Tangalarning muhim xususiyati epigrafikaning o‘ziga xosligi bo‘lgan: yozuvlari turkiy tildagi unvonlar (masalan, Tamg‘och bug‘roxon, Arslon ilig), ijtimoiy maqomni aks ettiruvchi epitetlar va hukmdorga atalgan maxsus ezgu tilaklar bilan to‘ldirilgan.
Qoraxoniylar Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib mis mayda tanga — felslarni ommaviy ravishda chiqarishga o‘tdi. Sharqiy xoqonlik felslari dizaynining soddaligi bilan ajralib turardi: ko‘pincha ularda faqatgina hukmdorning ismi va hijriy sana ko‘rsatilgan. Qoshg‘ar va Bolasog‘undagi felslarda: kattaroq shriftlar, qisqartirilgan formulalar (Xalad allah mulkaxu — “Alloh uning hokimiyatini davomli qilsin”), zarbxonalarning soddalashtirilgan nomlari paydo bo‘ladi. Felslar ichki savdo va mayda soliqlarni to‘lashda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Ularning keng muomalasi kumush yetishmovchiligini qoplagan.
_1.webp)
Qoraxoniylar tangalari Markaziy Osiyo va undan tashqarida topilgan ko‘plab xazinalar tufayli saqlanib qolgan. Eng yirik xazinalardan biri Qoshg‘ar hududida topilgan: unda IX–XI asrlarga oid 12 kg dan ortiq mis felslar va yuzlab dirhamlar, shu jumladan, eng qadimgi somoniy va qoraxoniy tangalari ham bor edi. Yana bir muhim topilma Bolasog‘undan chiqqan bo‘lib, unda Ibrohim Tamg‘ochxon va uning vorislari davriga oid 400 dan ortiq dirhamlar bor. Qoraxoniylarning dirhamlari va felslari o‘zlari zarb qilingan markazlardan juda uzoq masofalarda ham topilgan. Xususan, Volgabo‘yi, Janubiy Ural va Sibir hududlarida ham topilmalar ma’lum.
_1.webp)
