O'zbekiston-Xitoy muzeyshunosligi sohasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

O'zbekiston-Xitoy muzeyshunosligi sohasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va Hong Kong Palace Museum o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

O'zbekiston-Xitoy muzeyshunosligi sohasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

4-iyun kuni Hong Kong Palace Museum direktori Dr Louis Ng Chi-wa O'zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida muzeylar o'rtasida Xalqaro ko'rgazmalarni tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish, restavratsiya va konservatsiya masalalarida muhokama qilindi.

Hong Kong Palace Museum ko'plab davlatlarda xorijiy ko'chma ko'rgazmalar tashkil etadi. Uchrashuv davomida shunday ko'rgazmalarni O'zbekistonda ham tashkil etish va O'zbekiston tarixiga oid eksponatlarni Xitoydagi muzeylarda namoyish etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Ta'kidlash joizki, Hong Kong Palace Museum Markaziy Osiyoda ilk bor O'zbekiston tarixi davlat muzeyi bilan rasmiy aloqalarni o'rnatmoqda va bu O'zbekiston-Xitoy muzeyshunosligi sohasidagi hamkorlik yo'lida muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekiston-Xitoy muzeyshunosligi sohasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Ma'lumot uchun: Hong Kong Palace Museum (Gongkong Saroy Muzeyi) 2022-yilda o‘z eshiklarini ochgan. Gonkongning G‘arbiy Kovlun madaniy tumanida (West Kowloon Cultural District) joylashgan, Xitoyning boy imperatorlik tarixi, san’ati va madaniyatini aks ettiruvchi eng yirik va zamonaviy muzeylardan biridir. Muzey an’anaviy Xitoy madaniyatini zamonaviy global dunyo bilan bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi.