Moddiy madaniy meros milliy ro‘yxatiga yana 67 ta yangi obyekt kiritildi

Moddiy madaniy meros milliy ro‘yxatiga yana 67 ta yangi obyekt kiritildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga yana 67 ta yangi obyekt qo‘shildi.

Moddiy madaniy meros milliy ro‘yxatiga yana 67 ta yangi obyekt kiritildi

Ma'lumot uchun: shu kungacha milliy ro‘yxatga kiritilgan 8 370 ta madaniy meros obyekti davlat muhofazasiga olingan, endilikda muhofazadagi obyektlar soni 8 437 taga yetdi.

 

Madaniy meros agentligi ma'lum qilishicha, Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari, Toshkent shahri, Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan arxeologik yodgorliklar, tarixiy va me’moriy inshootlar, monumental san’at obyektlari hamda diqqatga sazovor maskanlarning milliy ro‘yxati qayta ko‘rib chiqildi. Natijada bir qator yangi obyektlar davlat muhofazasiga olinib, ularga madaniy meros maqomi berildi. 

 

Bu bilan mamlakatimiz hududidagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, ularning tarixiy-madaniy qiymatini asrab-avaylash hamda davlat himoyasini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Moddiy madaniy meros milliy ro‘yxatiga yana 67 ta yangi obyekt kiritildi