Quyosh va Oy ko'targan ma'buda

Quyosh va Oy ko'targan ma'buda

Jizzax va Toshkent viloyatlaridan “sharqona” uslubda o‘tirgan, to‘rt qo‘lli ma’buda tasvirlangan ikkita osma bezak topilgan. 

Quyosh va Oy ko'targan ma'buda
VI–VIII asrning I-yarmi. Bronza; quyma. Balandligi – 3,0 cm, eni – 2,6 cm

Boshi ustidagi nur halqasi tasvir personajning ilohiy mohiyatini ta’kidlaydi. Qo‘llarning bir jufti ko‘krak ustiga bukilgan, ikkinchisida esa Quyosh va Oy ramzlari mavjud.

 

Ilk o‘rta asrlar davri Panjikentdagi devoriy suratlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashliklar tufayli, bu tasvir sug‘diy panteonning bosh ma’budasi – Nana, ya’ni Anaxitaning tasviri ekanini anglash mumkin.

 

Panjikentda “quyosh va oyli ma’buda” xususiy uylarda boshqa ilohalardan yuqoriroqda tasvirlangan. Agar uyda Nana tasviri oilani yovuz kuchlar ta’siridan himoya qilish uchun zarur bo‘lsa, kichik osma bezaklar shaxsiy tumor sifatida xizmat qilgan.