Bangkok nashri: O‘zbekiston tarixi va madaniyatini umumlashtiruvchi qimmatli “xazina”

Bangkok nashri: O‘zbekiston tarixi va madaniyatini umumlashtiruvchi qimmatli “xazina”

Avvalroq WOSCU tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” mega-loyihasi doirasida chop etilgan kitob-albomlar Tailand Milliy kutubxonasi fondiga taqdim qilingani haqida xabar bergandik. 

Bangkok nashri: O‘zbekiston tarixi va madaniyatini umumlashtiruvchi qimmatli “xazina”

Bu tadbir Tailandning qator OAVlarida ham yoritildi. Xususan, “Bangkok Business News” nashrida yozilishicha, Tailand jamiyatida kitobxonlik madaniyatini oshirishga, yoshlar o‘rtasida kitob qadrini targ‘ib qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar Milliy kitob haftaligi kabi turli tadbirlarda namoyon bo‘ladi. Ushbu haftalik UNESCO tomonidan e’lon qilingan 23-aprel – Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni va 2-aprel – Milliy kitobxonlik kuni munosabati bilan har yili o’tkazib kelinadi. 

 

Tailand Milliy kutubxonasiga sovg‘a qilingan 70 jilddan ziyod "O‘zbekiston madaniy merosi" turkum kitoblari O‘zbekiston tarixi va madaniyatini umumlashtiruvchi qimmatli axborot resursi va bilim xazinasi bo’lib, tailand va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni mustahkamlashga, madaniy almashinuvni rag‘batlantirishga xizmat qiladi”, deyiladi nashr ma’lumotida.

Bangkok nashri: O‘zbekiston tarixi va madaniyatini umumlashtiruvchi qimmatli “xazina”

Nashrda, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi o’zining markazi – Toshkentdan boshlab boshqa shaharlarida aks etgan madaniy xilma-xilligi bilan faxrlanishi mumkin” deya alohida ta’kidlangan.