Netflix tomonidan suratga olingan “Amir Temur” tarixiy-badiiy filmining treyleri eʼlon qilindi.
_1.webp)
Xabarlarga ko'ra, film 2-9-aprel kunlari turli mamlakatlarda namoyish etiladi.
“Temurlan: soʻnggi jahongirning yuksalishi” kinotasmasining suratga olish ishlari 2012-yilda boshlangan. Ijodiy guruhga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va AQSH mutaxassislari jalb etilgan.
Rejissyor Jeykob Shvars, ssenariy muallifi Metyu Grin. Amir Temur rolini Kristian Mortensen oʻynagan. Amir Husaynning raqibini Mahesh Jadu, Aljayning rafiqasini esa oʻzbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etgan.
Film Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarboyjon, Rossiya va Belarus kinoteatrlarida namoyish etilishi qayd etilgan. Baʼzi manbalarda keltirilishicha, filmni namoyish etish huquqi allaqachon 120 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga sotilgan.
_1.webp)
