Shu munosabat bilan o‘zbek delegatsiyasining Nara shahri meri Gen Nakagava hamda Nara milliy muzeyi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qiladi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi.

Ko'rgazma uchun O‘zbekistondan 200 dan ortiq eksponat olib borilishi, noyob arxeologik topilmalarni birlashtiruvchi ekspozitsiya tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan ikki tomonlama madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish siyosati doirasida amalga oshirilmoqda. Tomonlar kelgusida ham hamkorlikni izchil davom ettirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.
Yaponiyaning yetakchi muzeylaridan birida mazkur ko‘rgazmaning o‘tkazilishi o‘zbek-yapon madaniy hamkorligining, xususan, madaniy merosni asrash va targ‘ib etish yo‘lidagi aloqalarning yuksak ahamiyatini yana bir bor namoyon etadi.
