O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan nashr etilgan "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkum kitob-albomlarini Samarqand viloyatidagi turli tashkilotlarga beminnat tarzda taqdim etish ishlari davom etmoqda.
16-19-mart kunlari viloyatdagi yana 15 ta manzilga (Musulmomlar idorasi, Prezident maktabi, Asakabank, Agrobank, viloyat prokuraturasi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha Samarqand shahar sudlari, shuningdek qator mehmonxonalar) jami 150 ta kitob-albom yetkazib berildi.
Ushbu turkum kitoblar Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan tashabbusi, doimiy e'tibori va har tomonlama qo'llab-quvvatlashi tufayli amalga oshirilayotgan O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha keng ko'lamli davlat va xalqaro dasturning tarkibiy qismi hisoblanadi. Nashrlar tarixiy merosni asrab-avaylash, mustahkamlash, shuningdek, O'zbekistonni jahon sivilizatsiyasining eng muhim markazlaridan biri sifatidagi o'rnini namoyon etishga xizmat qiladi.
Eslatib o'tamiz, to'plam kitoblar O'zbekistonning noyob tarixiy-madaniy merosini va xalqaro miqyosda namoyish etish, targ'ib qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, notijoriy maqsadda tarqatilmoqda. Shu kunga qadar 56 ta tashkilotga 560 ta kitob taqdim etildi.
✅WOSCU Samarqand bo’ylab kitob ulashmoqda
✅Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)
✅WOSCU Samarqand bo'ylab "O'zbekiston madaniy merosi" kitoblarini ulashishda davom etmoqda
WOSCU axborot xizmati




_HxlhFiP_1.webp)




