Oshxonadan joy olgan "o'rdaklar"

Turfa xil Rishton mahsulotlari orasida qush shaklini olgan – o‘rdak, obdasta-o‘rdak kabi suv uchun ishlatiladigan idishlar ham alohida eʼtiborga molik.

 

O‘rta Osiyo kulolchiligida hayvon shakllari kam uchramaydi. Sopol idishlarda fil, qo‘chqor, sigir, sher, beliga qushlar qo‘ngan ot (asp), bulbul (bulbuloq) obrazlarini ko‘rish mumkin. Ammo ularning barchasi qadimdan mavjud yomg‘ir chaqirish taomilida ishlatilgan sopol hushtakda aksini topgan. O‘rdak esa oshxona anjomlari tarkibidan joy olish sharafiga muyassar bo‘ldi.

Oshxonadan joy olgan "o'rdaklar"
Oshxonadan joy olgan "o'rdaklar"
Oshxonadan joy olgan "o'rdaklar"

O‘rdaklarni ishlab chiqarish erkaklarning kasbi bo‘lib, ancha jiddiy va sermashaqqat hunar sanalgan. Bu ishning birinchi bosqichi – loy tanlashdan iborat. U juda qayishqoq, shaklni yaxshi ushlaydigan bo‘lishi kerak. O‘rdaklar kulolchilik charxida alohida qismlarga bo‘lib tayyorlanadi va shundan so‘ng ular suyuq qilib qorilgan loy – shliker yordamida bir butun qilib yig‘iladi. Natijada ushlashga qulay halqasimon dastali va ikkita teshikli, qanotli o‘rdak-idish paydo bo‘ladi. Bitta teshik – o‘rdakchaning dum qismiga yaqinroq mahkamlangan karnaysimon og‘izning oxirida joylashgan bo‘lib, unga suyuqlik solish mo‘ljallangan. Ikkinchisi suv ichish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘rdak tumshug‘ida joylashgan. So‘ngra tayyor o‘rdak sirli timsollar yoki gulli naqshlar bilan bezatilgan va nihoyat, tezda ishqorli sir bilan qoplangan. 

 

Baʼzan o‘rdak xo‘roz shaklida yasalib – xo‘roz-obdastaga aylantirilgan va u o‘rdakdan faqat boshidagi toji bilan farqlangan. Lekin anʼanaviy tarzda, qushlarga o‘xshatib ishlangan barcha sopol idishlar hozirgi paytda o‘rdak deb ataladi.

Oshxonadan joy olgan "o'rdaklar"
Oshxonadan joy olgan "o'rdaklar"
Oshxonadan joy olgan "o'rdaklar"

Rishton o‘rdaklar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan hisoblanadi.



O‘rdak idishlarini yasash anʼanasi O‘zbekistonning boshqa shaharlarida, shuningdek qo‘shni Tojikistonda ham tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan – bu yerda ularni murg‘obi, murg‘oba (toj. o‘rdak, murg‘ – qush, ob – suv) deb atashgan. 

Oshxonadan joy olgan "o'rdaklar"

Qadimgi Sharq kashfiyoti sanalgan o‘rdak-idishlar, ko‘plab mamlakatlarni "aylanib uchib", hozirgi kunga qadar sopol buyumlari ishlab chiqarish sohasida o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda.