Kushonlar haykaltaroshligi: Mathura va Gandhara

Kushonlar haykaltaroshligi: Mathura va Gandhara

N’yu-Dehlidagi Milliy muzeyda hind san’atining xilma-xilligini keng qamrovda aks ettirgan osori atiqalar to‘plami mavjud. Mazkur to‘plamning eng ifodali qismlaridan biri haykaltaroshlikdir.

 

Hindistonga Markaziy Osiyo shimoli-g‘arbidan (hozirgi O‘zbekistonning janubiy viloyatlari va Shimoliy Afg‘oniston) kirib kelgan xalqlardan biri yuechjilardir. Ular Kushon podshohligi deb atalgan davlatning chegaralarini kengaytirishga intilishardi. Mil. I asr boshida paydo bo‘lgan mazkur podsholik uch asrdan ko‘proq vaqt davomida mavjud bo‘lgan. Garchi bu davr tarixiy mezon bo‘yicha nisbatan kichik bo‘lsa-da, kushonlar hukmronligi davrida yaratilgan badiiy uslub aks-sadolari Amudaryo bo‘ylaridan Gang daryosining keng tekisliklarigacha cho‘zilgan hududlarda uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. 

 

Kushonlar Hindiston va Markaziy Osiyoni qamrab olgan katta hududning siyosiy, diniy va savdo faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan eng mashhur sulolalardan biriga aylandi. Kushonlar nazorati ostiga olingan ulkan hudud turli diniy tizimlar, jumladan, qadimgi yunon, zardushtiylik, buddaviylik, shivaviylik va ular bilan bog‘liq badiiy an’analarning yuksalishi va bir vaqtda mavjud bo‘lishlik davrini kechirgan. Sinkretizm, masalan, tanga zarb qilishda keng namoyon bo‘lgan. Kushonlar mahalliy tillar va yozuvni o‘zlashtirganlar, shuningdek o‘z nazoratlariga o‘tgan mamlakatlarda mavjud san’at turlariga qiziqish bildirishgan. Ular san’at va me’morchilik rivojiga katta hissa qo‘shishdi.

 

O‘sha davrdagi mavjud badiiy uslublarning eng diqqatga sazovorlari shu nomdagi markazlarda rivojlangan Gandhara va Mathura uslublari edi. Mathura vujudga kelgan Shimoliy Hindistonga xos bo‘lgan vizual estetikani mukammallashtirib turgan bir paytda Gandhara o‘zlashtirilgan (yunon-rim maktabiga xos) sifatlarni mahalliy xususiyatlar bilan mujassamlashtirdi.

Kushonlar haykaltaroshligi: Mathura va Gandhara

Kushonlar sulolasi ko‘plab hukmdorlari bilan tanilgan bo‘lsa, aynan Kanishka buddaviylikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlari bilan tarixchilar tahsinini qozongan. Ma’lumki, dastlabki bosqichlarda Budda hind san’atida bodxi daraxti, nilufargul, ibodatxona va h.k. belgilar yordamida tasvirlangan. Va faqatgina Kanishka davrida o‘tkazilgan to‘rtinchi buddaviylar kengashidan so‘ng hind san’atida birinchi marta ma’rifatli Budda o‘zining antropomorfik qiyofasini oldi

 

Kushonlar davrida Budda tasvirining qonunlari ishlab chiqilgan – o‘tirgan, turgan, yotgan (sat, stayed, lay) holatlari, uning hayotidagi asosiy mavzularning ikonografiyasi, masalan, bodxisattvalar bilan sahnalar va boshqalar. Tasvirlarning qonunlari chakravarti va yoga maktablariga xos estetik tushunchalar nuqtai nazaridan bir-biridan farq qilishi mumkin. 

Kushonlar haykaltaroshligi: Mathura va Gandhara
Kushonlar haykaltaroshligi: Mathura va Gandhara

Shunday qilib, Buddaning Mahapurusha (buyuk odam) obrazlarida o‘ttiz ikkita xayrli belgilarning mavjudligi ta’kidlangan, masalan, bosh tepasidagi soch turmagi (ushnisha), peshonadagi dog‘, qoshlar (urn), cho‘zilgan quloqchalar (pralamba-karna pasha), tizzagacha uzun qo‘llar (ajanubahu), keng ko‘krak (vishalavaksha), dxarmachakra (chakravaka-ashtapadi), qo‘shilgan barmoqlar (jalanguly-kara) va boshqalar bilan belgilanadi.

Kushonlar haykaltaroshligi: Mathura va Gandhara

 

Gandhara asarlarining jozibasi inson tanasini eng real yoki ideallashtirilgan tarzda yetkazish istagi edi. Anatomiyaning mukammalligi, tafsilotlarning aniqligi, sochlarning to‘lqinli jingalaklari va matolarning boy buklamlari aniq ko‘rsatilishiga qaratilgan e’tibor, ehtiyotkorlik bilan ishlangan bezak, ilohiy belgilarga xos bo‘lgan ulug‘vor osoyishtalik ruhi – bularning barchasi Gandhara maktabini ajdodlaridan va zamondoshlaridan ajratib turadi.

 

Haykal Mathura haykaltaroshlik maktabi an’analariga muvofiq yaratilgan va portret janrining ajoyib namunasidir. Personaj yuzidagi xotirjam ifoda bilan tasvirlangan. Boshida – uchli konussimon va chok izlari, munchoqli astar kabi nozik detallari diqqat bilan tasvirlangan qalpoqcha. Bunday bosh kiyimlar skiflarga oid deb hisoblanadi. Marvaridli yoki munchoqli astar kushonlar davri rasm-rusumiga xos.