Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)

Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)

Avvalroq "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi doirasidagi turkum kitob-albomlar Samarqand viloyatidagi turli tashkilotlarga beminnat tarzda taqdim etilayotgani haqida xabar bergandik.

 

5—6-mart kunlari yana 6 ta tashkilotga 60 jild kitob-albom yetkazib berildi:

 

  • "Zilol baxt" mehmonxonasi
  • "Zarafshon Parkside" mehmonxonasi
  • Markaziy bank Samarqand viloyat bosh boshqarmasi
  • "Infinbank" Samarqand viloyati filiali
  • Samarqand davlat universiteti
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)
Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)
Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)
Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)

"Kitoblar mehmonxonamiz ko'rki bo'ladi"

"Mehmonxonamizda turli kitoblar uchun alohida kutubxona tashkil qilishni reja qilib yurgandik. Bugun bizga sovg'a qilingan ushbu to'plam kutubxona ochishimiz uchun yana bir turtki bo'ldi. O'ylaymizki, madaniy merosimizga bag'ishlangan, ko'rkam muqovali bu kitoblar ham mehmonxonamiz, ham kutubxonamiz ko'rki bo'ladi", - dedi "Zarafshon Parkside" mehmonxonasi ma'muriyati.

"Bir dona bor edi, yana o'nta qo'shildi"

 "Samarqandda o'tkazilgan Xalqaro Kongress tadbirida qatnashib, ushbu kitob-albomlarning bir dona jildiga ega bo'lgandim. Kitob ichidagi ma'lumotlar juda qimmatli, noyob osori-atiqalar, artefaktlarning sifatli suratlari bilan boyitilgan. Shaxsan menda katta taassurot qoldirgan. Bugun mehmonxonamizga sovg'a qilingan 10 jild kitob ham xodimlarimizda, kelgan mehmonlarda qiziqish uyg'otishi aniq. Fursatdan foydalanib, mazkur xayrli ishlarni boshida turgan WOSCU raisi, "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqovga minnatdorlik bildiraman", - dedi "Zilol baxt" mehmonxonasi direktori S. Ismatov.

 

Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)
Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)
Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)
Yana 6 manzilga 60 jild kitob-albom taqdim etildi (Fotolavha)

Eslatamiz, Samarqand viloyati bo'ylab jami 1650 jild “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomlarini topshirish rejalashtirilgan. Jarayonlar davom etmoqda. 

WOSCU axborot xizmati