Varshava muzeyidagi o'zbek zargarlik san'atining 3 noyob namunasi

Varshava muzeyidagi o'zbek zargarlik san'atining 3 noyob namunasi

Varshavadagi Osiyo va Tinch okeani muzeyi kolleksiyasida o'zbek zargarlik san'atining 3 ta noyob namunasi saqlanadi. Ular XIX–XX asrlarga oid.

Varshava muzeyidagi o'zbek zargarlik san'atining 3 noyob namunasi
  • BODOMOY taqinchog‘i. Kolleksiyada eng qimmatlisi bo'lib, Xiva zargarlik san’atiga xos. Chakkaga taqiladi. Bodomoy shaklining tarixi islomgacha bo‘lgan davrlarga to‘g‘ri keladi va bir paytlar yangi turmush qurganlar sig‘ingan, hosildorlik ma’budasi Anaxita nomi bilan bog‘liq. U uchta bodom shakli va uning asosida joylashgan yarim oydan iborat.
Varshava muzeyidagi o'zbek zargarlik san'atining 3 noyob namunasi
  • PANCHPOYA SIRG'ASI. Bolg‘alab tayyorlangan, tilla suvi yurgizilgan, qisqichi qalin kumush yoki oltin simdan yasalgan. Yashil va pushti rangdagi beshta qimmatbaho toshdan iborat. Bu dona-dona bezak berilgan nozik marjonlar bilan ketma-ketlik hosil qiluvchi turmalinlar va xira tusli yashil berillardir.
Varshava muzeyidagi o'zbek zargarlik san'atining 3 noyob namunasi
  • TUMOR. Qur'on oyatlari yozilgan qog'oz o'ramlarini saqlash uchun ishlatilgan. Filigranli naqshlar bilan to'liq qoplangan. Taqinchoq shakli Islomgacha bo'lgan davrda yaratilgan va bugungacha mashhur uchburchak tumorlarga juda o'xshaydi.
Varshava muzeyidagi o'zbek zargarlik san'atining 3 noyob namunasi