Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari

Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi tarkibida tasviriy san’at bo‘limi shakllantirilgan. Uning kolleksiyasi O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas va muhim qismidir.

 

Tarixiy portret janri muzeyning tasviriy san’at kolleksiyasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Ekspozitsiya Abdulhaq Abdullayevning asarlari, xususan, rassom yaratgan eng mashhur obrazlardan biri bo‘lgan Alisher Navoiy portreti bilan ochiladi. Ulug‘ shoir obrazining an’anaviy tus olgan mualliflik taqlidlarini O‘zbekistonning boshqa muzeylarida ham uchratish mumkin. Ushbu asarlarning xrestomatik tarzda shuhrat qozonganiga qaramay, bu asar rassomning (1969–1973) ijodidagi eng dastlabki portretlardan biridir.

 

Abdulhaq Abdullayev O‘zbekiston fan va madaniyat arboblari portretlarining salmoqli galereyasini yaratgan. Xususan, Hamid Olimjonning portreti shoirning fojiali o‘limidan so‘ng, uning “O‘rik gullaganda” nomli quyidagi she’ridan ilhomlanib chizilgan:

 

“Derazamning oldida bir tup 

O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...”

 

Rassom Hamid Olimjonning shoirona ilhomlangan holatini, derazadan tashqarida aks etgan bahorning quyoshli kunidagi hissiyotlarni tasvirlaydi. 

Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari
Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari

Usto Mo‘minning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent opera va balet teatri uchun A. Kozlovskiyning “Ulug‘bek” operasiga bag‘ishlab 1942-yilda chizgan eskizi ham juda katta qiziqish uyg‘otadi. Rassom unda o‘z nomini mashhur yulduzlar jadvali bilan olamga yoygan astronom Ulug‘bekni tasvirlagan. U tungi osmonga nazar tashlagancha, koinotning sirlarini ochishga urinayotganga o‘xshab turibdi.

 

Andijon jahonga mashhur shoir, olim va davlat arbobi, Hindistonda hukmronlik qilgan boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning vatani bo‘lgani uchun ham muzey eksponatlarining salmoqli qismi uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Misol uchun, kolleksiyada tarixiy portret janrining taniqli ustasi Malik Nabiyevning “Zahiriddin Bobur portreti” (1966) ham bor. U “Abu Rayhon Beruniy portreti”ning (1973) ham muallifidir. Har ikki asar ham M.Nabiyevning ijodida dasturiy xususiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Keyinchalik, ular andaza sifatida tan olingan va ko‘plab rassomlar ulardan namuna sifatida foydalanishgan.

Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari
Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari
Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari

Tarixiy portretlar qatorida Lutfulla Abdullayevning “Muqimiy portreti” (1977) va Hikmat Rahmonovning “A.Avloniy portreti” (1974), Kozim Eminovning “Ahmad Farg‘oniy” (1975), Yigitali Tursunnazarovning “S. Zunnunova portreti” (1974) bor.

 

Muzeydan shoir Cho‘lponning yubiley sanalariga bag‘ishlab chizilgan portretlar turkumi ham o’rin olgan.

Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari
Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari
Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari
Andijon muzeyi kolleksiyasidagi tarixiy shaxslar portretlari

Andijon muzeyida saqlanayotgan shak-shubhaga o‘rin qoldirmaydigan durdona asarlar qatorida O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarovning asarlari ham bor. Rassom chizgan asarlar syujetining asosiga aylangan she’riy matnlar lirik portretlarning turli talqinlari bilan bog‘liq bo‘lgan Ahmarovning ikonografik obrazlarini yaratishga olib keldi: “Halima Nosirova Shirin rolida” (1974) yoki shoira Nodira (1970) asarlari shular jumlasidan. Shulardan biri “Nodiraning yoshligi” (1970) Andijon muzeyining fondida saqlanadi.