Marjoniy jamg'armasining (Rossiya) keng ko'lamli to'plamidan O'zbekiston kashtachiligining noyob namunalari — Toshkent, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Farg'onaga mansub so'zanalar, adras, beqasam, baxmal matolari, do'ppilar hamda ayollar va erkaklar choponlari o'rin olgan.
To'plamda 1880—1920-yillarda tikilgan choponlar bilan birga 2020—2022-yillarda o'zbekistonlik rassom Dilyara Kaipovaning an’anaviy abr matolaridan yaratgan choponlari ham bor.
D.Kaipova abr matolari uchun o‘z chizmalarini ishlab chiqib, Marg‘ilon hunarmandlari bilan hamkorlikda an’anaviy texnologiyalar asosida to‘qimachilik namunalarini yaratib kelmoqda. E'tiborlisi, rassom an’anaviy abr motivlarini zamonaviy ramzlar bilan uyg'unlashtiradi.
Suratda: "Radiatsiya belgisi" choponi, "Faryod" choponi, "Kreml" choponi.


_1.webp)
_1.webp)