Birshteynning "Samarqand" turkumi

#Jahon_merosi

Rus rassomi, grafik Maks Birshteyn (1914—2000) Ikkinchi jahon urushi yillari Samarqandga evakuatsiya qilingan.

 

"Bolaligimda Samarqandni orzu qilardim. U menga ertaklardagi Bag‘dod, Horun ar-Rashid mamlakati bo‘lib tuyulardi. Urushdan oldin men Petrov-Vodkinning Samarqand haqidagi kitobini o‘qiganimda... u yerga borishni yanada ko‘proq xohladim... Mana, dahshatli urush, dahshatli 1941-yil. Samarqanddagi institut, Turkmanistondagi og‘ir hayotdan keyin qandaydir moʻjiza bilan shu yerga kelib qoldim.

 

... Ertaknamo Samarqand bizni Registon minoralari, Shohi Zinda va Bibixonimning feruza va lojuvardlari bilan o‘rab turardi.

 

... Qizlar va ayollar yumaloq, yaltiroq, tilla rang, ustiga allaqanday donlar sepilgan, issiq, qarsildoq, shunday chiroyli va shunday o‘sha paytda topilmaydigan, lekin shunday mazali nonlarni sotishyapti. Quyosh esa ko‘m-ko‘k osmonda charaqlab turibdi... Jannat". 

Birshteynning "Samarqand" turkumi
Birshteynning "Samarqand" turkumi
Birshteynning "Samarqand" turkumi
Birshteynning "Samarqand" turkumi

Birshteyn bu taassurotlarini o‘zining “Samarqand” turkumi (1942-yil)da aks ettirgan. Yuqoridagi kartinalar Marjoniy jamg‘armasi kolleksiyasidan.