O‘zbekistonda bo’lib o’tgan Islom olami madaniy merosi bo‘yicha qo‘mitaning 13-sessiyasi yakuniy xulosalari ma’lum qilindi. Unga ko’ra, O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan 9 ta nomzodnomalardan 7 tasi ma’qullanib, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO)ning Moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarining boshlang‘ich ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma'lum qildi.
ISESCO 1979-yilda ta’sis etilgan. Ayni vaqtda 54 ta davlat uning a’zosi, yana 3 ta mamlakat kuzatuvchi davlat hisoblanadi. Tashkilotning qarorgohi Rabotda (Marokash) joylashgan. O'zbekiston 2017-yilda a'zolikka qabul qilingan.
Ro’yxatga quyidagilar kiritilgan:
- 4 ta nomoddiy madaniy meros namunasi - yog‘och o‘ymakorligi san’ati, miniatyura san’ati, xattotlik san’ati, kitobat va tahzib san’ati;
_qFUgVBl_2.webp)
- 3 ta moddiy madaniy meros obyekti - Qadimiy Termiz majmuasi, Shahrisabz tarixiy-majmuasi, Mizdahkan tarixiy-majmuasi.

Ma’lumot uchun: Bugunga qadar O‘zbekistonning quyidagi 19 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bular: Samarqand shahridagi Registon majmuasi, Ismoil Samoniy maqbarasi, Chor Bakr majmuasi, Bahouddin Naqshband majmuasi, Magoki Attor masjidi, Poyi Kalon majmuasi, Qadimiy Poykent shahri xarobalari, Saroyi Tosh madrasasi, Ipak yo‘llari: Zarafshon–Qaroqum yo‘lagi, Turonning sovuq qishloq cho‘llari, Samarqand — madaniyatlar chorrahasi, Buxoro tarixiy markazi, Zaamin tog‘lari (Jizzax viloyati), Shahrisabz tarixiy markazi, Sulton Saodat majmuasi, Muhammad Hakim Termiziy maqbarasi, Sulton Uvays Bobo maqbarasi, Sayyid Ataliq madrasasi hamda O‘zbekistonda kulolchilik (keramika) san’ati.
Kuni kecha ro'yxatga olinganlar bilan jami 26 ta O‘zbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari ISESCOning Moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.u
l
